Jahon | 13:41 / 23.12.2015
11840
1 daqiqa o‘qiladi

WP: IShIDning Afg‘onistondagi radiokanali vahima ko‘tarmoqda

Afg‘onistonning Jalolobod shahri vahimaga tushib qolgan, negaki bu yerda IShIDga tegishli “Xalifalik radiosi”ning tashkil etilishi terrorchilarning qudratini namoyish etmoqda, deb hisoblaydi The Washington Post nashri.

Aytilishicha, radioeshittirishlar har kuni kechki soat oltida boshlanadi; shahar va uning atrofidagi hududlar aholisi qilichlar va pulemyot ovozlarini efir orqali eshitishadi. Shundan so‘ng suhandon Qur'on o‘qiy boshlaydi, yosh afg‘onlarni IShIDga qo‘shilishga chaqirib, “kofir”larga tahdid qiladi. Mahalliy hokimiyat efir qayerdan uzatilayotganini bilolmay halak, lekin eshittirishlar butun Nangarxar viloyatiga yetib bormoqda. Ko‘pchilik radioga Pokiston homiylik qilayotgani taxminida, ammo rasmiy Islomobod buni rad qilmoqda.

Jalolobod terrorchilik tahdidining yuqoriligi tufayli politsiya mashinalariga to‘lib ketgan, rasmiylar tahdidlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish