10:17 / 23.12.2015
2268

Xitoyda bir necha ming kishi ko‘chki yuz bergan joyni vayronalardan tozalamoqda

Xitoyning janubida joylashgan Shenchjen shahrida yuz bergan ko‘chki oqibatlarini bartaraf etishda 4 mingdan ko‘proq odam ishlamoqda, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi. Ular orasida favqulodda xizmatlar vakillari va harbiylar bor.

Avvalroq vayronalar ostida 67 soat qolib ketgan erkak qutqarib olindi. Qutqaruvchilar omon qolgan erkak yoniga uni aniqlaganlaridan 2,5 soatdan keyingina yetib bora olishdi. Erkak shifoxonaga yetkazilgan, uning ahvoli barqarorligi aytilmoqda.

Ayni paytda 70 dan ko‘proq odam hamon bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Vayronalar orasidan bir kishining jasadi topilgan.

Top