09:20 / 23.12.2015
2465

Xitoydagi ko‘chki vayronalari ostida 67 soat qolib ketgan erkak qutqarildi

Xitoy favqulodda xizmatlari mamlakat janubidagi Shenchjen shahrida yuz bergan ko‘chkidan keyin uning vayronalari ostida tirik qolgan erkakni aniqlashdi.

Erkak vayronalar ostida 67 soat qolib ketgan, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi tvitterda.

Yana 70 ga yaqin kishi hanuzgacha bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Tuproqning yuvilishi va uning ortidan yuz bergan ko‘chki oqibatida turar joy binolari vayron bo‘lgan.

Top