Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:10 / 23.12.2015
2472
1 daqiqa o‘qiladi
Yangi yil arafasida Qirg‘izistonda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Qirg‘iziston IIV shaxsiy tarkibi Yangi yil kunlarida yuqori tayyorgarlik darajasida xizmat o‘taydi. Bu haqda idora matbuot kotibi Baqit Seyitov TASS agentligi bilan suhbat chog‘ida ma'lum qildi.
“Barcha xodimlarimizni kuchaytirilgan rejimga o‘tkazish qarori IIV rahbariyati tomonidan yaqin kunlarda qabul qilinadi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, kuchaytirilgan tartib mamlakatdagi barcha strategik obektlar, davlat idoralari binolari, savdo-ko‘ngilochar markazlar va jamoat joylarini qo‘riqlashni nazarda tutadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish