23:48 / 24.12.2015
5987

30 kilogrammga ozgan ayol hukumatdan mukofot tariqasida 5 tonna ko‘mir oldi

Rossiyaning Kemerovo viloyatida yashovchi hamshira Yelena Salnikova yoz boshidan beri 30 kg ga ozganligi uchun hukumat unga mukofot tariqasida 5 tonna ko‘mir hadya etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 43 yoshli hamshira bir necha oy ichida ortiqcha 30 kg vazn tashlagan. Ayol shu bois “ko‘mir sertifikati”ga ega bo‘ldi va uning uyiga mukofotini olib kelib berishdi.
Gubernator matbuot kotibi Anton Gorelkinning ma'lum qilishicha, ortiqcha vazni tashlagan aholiga ko‘mir mukofoti faqatgina mahalliy telekanalda maxsus tashkil etilgan realiti-shou doirasida yetkazib beriladi.

Top