Jahon | 22:24 / 24.12.2015
7373
3 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atambayev: agar Turkiyada menga tegishli biznesni topsangiz, uni o‘zingizga qoldirishingiz mumkin

“Agar dunyodagi istalgan razvedka Turkiyada menga tegishli biznesni topa olsa, uni o‘zingizga qoldirishingiz mumkin”, deb aytdi Qirg‘iziston davlat qarorgohida har yili o‘tuvchi matbuot-anjumanida mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev.

“Kimdir haqida nimadir yozishganda, men bunga ishonmaydigan bo‘lganman, chunki buni o‘zimda his qilganman: mening Turkiyada biznesim borligi yozishmoqda, Rossiya OAVlari ham yozmoqda”, – deb aytdi Atambayev Turkiya prezidenti IShID bilan aloqalari borligi haqidagi gaplarga izoh berib. – Men Erdo‘g‘an bilan Ashxobodda gaplashdim, u IShID bilan hech qanday aloqasi yo‘qligiga qasam ichdi. Men kimga va nimaga ishonishni ham bilmay qoldim. Shunday vaziyat bo‘ladiku, yetakchilar hech narsadan bexabar o‘tirishadi, ularning atrofidagilar nimalardir qiladi. Hattoki Vladimir Putin ham Erdo‘g‘an hattoki bundan bexabar bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi”.

Atambayev Rossiya tomonidan Turkiyaga nisbatan sanksiyalar kiritmaslik kerakligini ta'kidlab o‘tdi. “Bu davlatlar yarashib olishi kerak. Ular orasidagi munosabatlarning keskinlashishidan kim foyda ko‘radi? Axir, Rossiya yoki Turkiyaning dushmanlari oz emasmi?”, deb aytmoqda Atambayev.

Qirg‘iziston prezidenti uning so‘zlarida siyosiy yoki iqtisodiy manfaatlarni qidirmaslikni so‘radi. “Men Turkiyada meni hurmat qiladigan odamlarga, Rossiyada ham meni juda qattiq hurmat qiladigan odamlarga egaman. Albatta, Rossiya bizning strategik sherigimiz va biz bu vaziyatda Turkiya harbiy samolyotni urib tushirmasligi kerak edi, deb hisoblaymiz, urib tushirdilarmi unda Rossiya tomoni qo‘yayotgan shartlar haqida o‘ylab ko‘rish lozim. Istalgan vaziyatda, ikkala tomon ham kibrni yengishi kerak, chunki kibr bu katta gunoh. Barcha davlatlar urushmaslikka harakat qilsalar yoki urushsalar ham faqat IShID kabilarga qarshi urushsalar yaxshi bo‘lardi”, deb o‘z so‘zini yakunladi Atambayev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish