Sport | 16:49 / 24.12.2015
2475
1 daqiqa o‘qiladi

Benites: "Real" yangi yilda muxlislarga ko‘plab g‘alabalarni tuhfa etadi

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites madridlik muxlislarni Rojdestvo bilan tabrikladi. U jamoa muxlislariga yangi yilda ko‘plab g‘alabalarni va'da qilgan.

"Real"ning barcha muxlislariga yangi yilni o‘z oilalari davrasida xursandchilik bilan o‘tkazishni tilayman. Umid qilamanki, biz jamoa bilan birgalikda yangi yilda ko‘plab g‘alabalarni sizga sovg‘a qilamiz. Barchangizga Rojdestvo muborak bo‘lsin", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish