Sport | 11:10 / 24.12.2015
4193
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «Manchester Siti»da «Bavariya»dagidan 2 barobar ko‘p maosh oladi

Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»ga o‘tishini hal qilgan omillardan biri ma'lum bo‘ldi.

Bild nashrining yozishicha, «Bavariya» jamoasini mavsum yakunida tark etib, Angliyaga yo‘l oladigan murabbiy «Manchester Siti»dan yiliga 25 mln yevro maoshdan iborat taklif olgan.

Uning nemislar jamoasida oladigan maoshi 12 million yevro bo‘lib, shaharliklar unga 2 barobar ko‘proq taklif qilishgan. Shu tariqa, ispaniyalik mutaxassis dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanishi mumkin.

U «Barselona»da ishlagan vaqtida (2008--2013 yillar) yiliga 3,5 mln yevro maosh olgandi.

Bundan oldinroq, Kicker nashri Gvardiola yozda «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyiga aylanishi haqida xabar qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish