11:04 / 24.12.2015
8664

Ikkita tibbiyot oliygohiga yangi rahbarlar tayinlandi

22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay'atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. UzMedInfo markazi Axborot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri A.Alimov Hay'at a'zolariga yangi tayinlangan 8 nafar rahbarni tanishtirdi.

Unga ko‘ra, Shuhrat Nishonov Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i b tayinlangan bo‘lsa, Marat Sadikov Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida Abduvali Agzamov faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Respublika sud tibbiy ekspertizasi bosh byurosi boshlig‘i – Alisher Iskandarov, Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlarni malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi direktori – Lola Musadjanova bo‘ldi.

Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti rektorligiga Abdushukur Sadikov tayinlandi. Xasan Mamatqulov Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali direktori, Qaxramon Xaitov esa Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimini egalladi.

Top