Sport | 11:49 / 24.12.2015
3372
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagilar Messining Milanga kelishi ehtimolini istisno qilishmayapti

«Inter» jamoasi xo‘jayini Erik Tohir kelgusida «Barselona» hujumchisi Lionel Messini o‘z jamoasi tarkibiga jalb qilishi mumkinligini istisno etmadi.

«Messi «Inter»ga kelishi mumkinmi? Nega mumkin emas ekan? Qachondir uning «Barselona» bilan shartnomasi yakuniga yetadi. Uni tarkibga jalb qilish a'lo darajadagi ish bo‘lardi.

Biz Roberto Manchini bilan birgalikda yosh va kuchli jamoa tashkil qilmoqdamiz. Jamoani Yevropadagi eng kuchlilardan biriga aylantirmoqchimiz.

17-tur uchrashuvidan keyin biz Italiya A seriyasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqdamiz. Bizda katta g‘alabalarga bo‘lgan katta ishtiyoq mavjud

Bizning yo‘limiz aniq. Biz «Inter»ni u munosib bo‘lgan o‘ringa qaytarmoqchimiz. Bu jamoa dunyoning eng kuchli klublari o‘nligida sanalib kelingan», deydi Tohir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish