Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kokorin «Arsenal»ga o‘tish uchun «Dinamo» taklifini rad etgan
Rossiyaning «Match TV» telekanali sharhlovchisi Nobel Arustamyan Moskvaning «Spartak» klubi poytaxtning boshqa bir jamoasi «Dinamo» hujumchisi Aleksandr Kokoringa qiziqish bildirgani borasida to‘xtalib o‘tdi.
«Menga ma'lum bo‘lishicha, «Spartak» Kokoringa o‘ta jiddiy taklif bilan chiqqan. Ammo, oxir-oqibatda, Kokorin baribir «Spartak»ka emas, Angliyaga ketishni ma'qul ko‘rgan.
Uni Arsen Venger o‘z jamoasida ko‘rishni juda istamoqda», — deya Arustamyandan iqtibos keltiradi «Chempionat» nashri «Match TV» telekanali efirida bergan ma'lumotiga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «kanonirlar» hujumchisi Denni Uelbek jarohatidan qutula olmagan taqdirda Kokorin «Arsenal»ga yanvarda 6 million yevro evaziga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq Kokorinning agenti bu xabarni inkor qilib chiqqandi.