Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bir yildan keyin ko‘chmas mulkni internet orqali sotish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda bir yildan keyin ko‘chmas mulkni internet orqali sotish mumkin bo‘ladi. 2016 yilning 4-choragida elektron tijorat doirasida boshqa hujjatlar qatorida ko‘chmas mulkni sotish qoidalari ham ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 dekabrdagi “2016-2018 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.
Buni amalga oshirish bo‘yicha javobgarlik Davlat raqobat qo‘mitasi, “Ko‘chmas mulk savdo markazi” MChJ va O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga yuklangan.
O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tez sur'atlarda amalga oshirishni Iqtisodiyot vazirligi boshchiligida 6 ta tashkilot olib bormoqda.
Elektron tijorat doirasida eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bilan O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy bank shug‘ullanmoqda.
To‘lov operatsiyalarini Markaziy bank ta'minlaydi.
Elektron tijorat sohasida reklamaning mazmunini nazorat qilish va ishonchli raqobatdosh muhitni yaratish bo‘yicha javobgarlik Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yuklangan.
Davlat statistika qo‘mitasi elektron tijorat sektorlarining iqtisodiyotdagi rolini tavsiflovchi indikatorlarni shakllantiradi.