Jahon | 07:40 / 24.12.2015
5355
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Rossiyada eng ko‘p iqtibos keltiriladigan bloger bo‘ldi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiyada eng ko‘p iqtibos keltiriladigan bloger bo‘ldi. Qodirov bir nechta ijtimoiy tarmoqlarda akkauntiga ega va “Jivoy Jurnal” ijtimoiy tarmog‘ida o‘z blogini olib boradi. 

Bu borada Qodirovga Aleksey Navalniy va Dmitriy Rogozin yetakchilikni boy berdi. Bu boradagi ro‘yxat “Medialogiya” tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlari asosida tuzildi. Rossiya blogerlik sohasidagi yetakchilar orasidan shuningdek Rossiya tashqi ishlar vazirligi va Tergov qo‘mitasi rasmiy vakillari Mariya Zaxarova va Vladimir Markin ham o‘rin oldi.

Yuqori o‘ntalikdan shuningdek bosh vazir Dmitriy Medvedev, Rossiya prezidenti huzurida bolalar huquqi bo‘yicha vakil Pavel Astaxov, Davlat dumasining xalqaro qo‘mitasi boshlig‘i Aleksey Pushkov, YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy va teleboshlovchi Kseniya Sobchak ham bor. 

Ramzon Qodirov joriy yozda Instagram’dagi sahifasiga ochiq kirishni yopib qo‘yganiga qaramasdan ketma-ket ikkinchi yil Rossiya blogerlik sohasining yuqori o‘ntaligida 1-o‘rinni egallamoqda. Endi Instagram’da uning xabarlarini faqatgina obunachilar o‘qiy olishi mumkin, ularning soni esa milliondan oshib ketdi. Qodirov bu ijtimoiy tarmoqda respublikadagi voqealar, mahalliy hokimiyatning qarorlari haqida ma'lumot berib boradi. Shuningdek, Qodirov jamiyatni tashvishlantiruvchi muammolarga o‘z fikrini bildiradi.

Ramzon Qodirov, shuningdek, “VKontakte”, Facebook, Twitter ijtimoiy tarmoqlarida akkauntiga ega va “Jivoy Jurnal”da o‘z blogini olib boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish