Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:14 / 24.12.2015
8406
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya hukumati kompaniyalarga turkiyaliklarni ishga yollashga ruxsat berdi
Rossiya hukumati boshlig‘i Dmitriy Medvedev Turkiya fuqarolariga Rossiya kompaniyalarida ishlashga ruxsat beruvchi qarorni imzolaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli ro‘yxat tasdiqlangan.
“Men bu taqiq qo‘yilmaydigan Rossiya kompaniya va tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlaydigan qarorni imzoladim. Bu qarorni qabul qilarkanmiz, biz ayrim manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga oldik, boshqalar esa Turkiya fuqarolarini ishga qabul qila olmaydi”, - ma'lum qildi bosh vazir.