Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Su-24 bilan bog‘liq voqeadan keyin Turkiyaga yana g‘alla yetkazib berishni boshladi
Rossiya bilan Turkiya o‘rtasida Su-24 harbiy samolyoti urib tushirilishi sababli munosabatlarning yomonlashishidan keyin yuz bergan qisqa tanaffusdan keyin Rossiya Turkiyaga yana g‘alla yetkazib berishni boshladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Rossiya dunyoda bug‘doy yetkazib beruvchi eng yirik eksportchilardan biri, Turkiya esa Rossiyadan bug‘doy sotib oluvchi yirik xaridorlardan biri hisoblanadi. Ikki tomon bir necha hafta Su-24 voqeasidan keyin yangi shartnomalarni tuzishdan bosh tortayotgan edilar. Biroq, tahlilchilarning aytishicha, ayni paytda ushbu biznes normal holatga qaytdi.
Agentlikka rossiyalik treyderlarning ma'lum qilishicha, Turkiyaga g‘alla yetkazib berilishi boshlangandan keyin Moskvadan hanuzgacha hech qanday, hattoki og‘zaki e'tirozlar bildirilmagan.
Turkiya Rossiya bug‘doyini sotib olishni davom ettirmoqda, chunki u fransuz bug‘doyidan arzonroq, ukrain bug‘doyidan esa yuqoriroq sifatdaligi bilan farqlanadi.
Ta'kidlanishicha, Turkiya iyundan noyabrgacha Rossiyadan 1,7 mln tonna bug‘doy import qilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Turkiya Rossiya bug‘doyini import qiluvchi 2-raqamli davlat hisoblanadi.