Jamiyat | 11:13 / 24.12.2015
3983
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida intellektual mulk sohasida 41 ta qonunbuzarlik holati aniqlandi

2015 yil 14-18 dekabr kunlari Intellektual mulk agentligi tomonidan Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida intellektual mulk muhofazasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya qilinishi bo‘yicha monitoring amalga oshirildi.

Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, monitoring natijasida 41 ta qonunbuzarlik holati aniqlandi. Jumladan, Samarqand viloyatida 15 ta, Surxondaryoda – 13 ta va Qashqadaryoda 13ta holatda noqonuniy faoliyat olib borilayotgani ma'lum bo‘ldi.

Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha tegishli vakolatli organlarga ma'lumot berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish