Jahon | 10:16 / 24.12.2015
2455
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonidagi shifoxonada chiqqan yong‘in tufayli 30 kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida 30 kishi shifoxonada ro‘y bergan yong‘in qurboniga aylandi. Okaz nashri xabariga ko‘ra, mamlakat janubidagi Jizan okrugi markazida joylashgan shifoxonada yong‘in ro‘y bergan.

Nashrning yozishicha, ayni vaqtda shifoxonadan bemorlarni ko‘chirish jarayoni davom etmoqda. Yong‘in tufayli jabrlangan 107 kishi boshqa shifoxonaga olib borilgan.

O‘t o‘chirish ishlariga 20dan ortiq qutqaruvchi bo‘linmalar jalb qilingan.

Hozircha hodisa sabablari aniqlanmagan. Hukumat tekshiruv ishlarini boshlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish