Jahon | 10:41 / 24.12.2015
2037
1 daqiqa o‘qiladi

Tailand sudi Myanma fuqarolarini britan juftligi o‘limida aloqador deb topib, oliy jazoga hukm qildi

Tailand sudi Mnmaning ikki fuqarosini britaniyalik sayyohlar - Xanna Vizerij va Devi Millerning o‘limiga aloqador deb topib, qatl qilishga hukm qildi, deya xabar berdi Reuters.

Jinoyat 2014 yilning sentabrida sodir etilgan. Miller va Vizerijning jonsiz tanasi sayyohlar o‘rtasida mashhur bo‘lgan Tao orolidagi cho‘milish havzasidan topilgan edi.
Qayd etilishicha, ular o‘lim jazosiga hukm qilinganlar avvaliga aybini bo‘yniga olib, keyinroq qiynoqlar ostida buni tan olishgani aytib inkor etishgan.

Politsiya tergov ishlarini jamoatchilik bosimi va mahalliy va xorijiy OAV kuzatuvi ostida olib bordi. Ularning ta'kidlashlaricha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yetarli darajada mahorat bilan ish olib bormagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish