Jahon | 15:36 / 24.12.2015
6741
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyaga nisbatan yangi yilda yangi sanksiyalar joriy etadi

Ukrainaning Rossiyaga nisbatan qo‘llagan yangi sanksiyalari 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi. Bu haqda Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ma'lum qilgan, deya xabar beradi «112 Ukraina».

«So‘nggi uch yil mobaynida bizning Rossiyaga qaramlilik darajamiz uch marotaba qisqardi. Agar uch yil oldin Ukrainaning Rossiyadan eksport hajmi taxminan 35 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib biz Rossiya bozorini Ukraina hududida uch martagacha tushirdik. Natijada bu ko‘rsatkich 12 foizgacha tushdi», — deya qayd etib o‘tgan Yatsenyuk.

Bosh vazirning qayd etishicha, Ukraina hukumati xuddi Rossiya kabi o‘zining oziq-ovqat embargosini joriy qiladi.

Eslatib o‘tamiz oldinroq, Yuqori Rada Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash uchun rozilik bildirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish