17:04 / 24.12.2015
2873

Venger APLda mehmon jamoalarning g‘alaba qozonishi holatlari ortganiga izoh berdi

Angliyaning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Vengerning fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtga kelib to‘pni nazorat qilish oldingidek natija bermay qo‘ygan. Bu, fransuz mutaxassisining fikricha, mehmon jamoalarining ko‘proq g‘alabaga erishishi uchun sabab bo‘lmoqda.

«Hozir, ko‘rinishidan, yangi an'ana – to‘pni nazorat qilish xuddi oldingidagidek natija bermayapti. Bu yilgi mavsum, mazkur ko‘rsatkich doimiy g‘alabalarni taqdim etmayotgan birinchi mavsum ekani ko‘rinib turibdi. Bu nega jamoalarda mehmonda yaxshiroq o‘ynashiga nima sabab bo‘layotganiga izoh bo‘lishi mumkin».

«Nima uchun shunday bo‘lmoqda? Chunki memhon jamoalar yaxshisi himoyaviy o‘yinni tashkil qilishni afzal bilishmoqda va oldingiga nisbatan yaxshiroq jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lmoqda. So‘nggi 20 daqiqa davomida to‘pni egallab turgan jamoada g‘alaba qozonish uchun albatta imkoniyat bo‘ladi. Hozir esa jamoalar o‘yinning oxirgi daqiqasigacha o‘z taktikalarini yaxshi uddalab, oxirgi 20 daqiqani ham muvaffaqiyatli o‘tkazishmoqda», – deya Vengerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Arsenal» rasmiy sayti.

Top