Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WWF oq ayiqlarni o‘ldirishni sadizm bilan tenglashtirdi
Xalqaro yovvoyi tabiatni muhofaza qilish fondining Rossiyadagi bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha loyihasi rahbari Vladimir Krever Vrangel orolida oq ayiqlarning o‘ldirilishini sadizm (shafqatsizlik, birovni qiynab lazzatlanish)ning paydo bo‘lishi deb izohladi, xabar bermoqda FlashNord.
“Bu holatni sadizmning paydo bo‘lishidan boshqa narsa deb atash mumkin emas. Oq ayiqlar qiziquvchan bo‘lishadi, ko‘pincha ular odamlardan cho‘chimaydi. Bu yosh bolaga shirinlikka qo‘shib portlovchi modda bergandek gap”, - dedi u.
Kreverning so‘zlariga ko‘ra, qonunchilik bunday jinoyatni amalga oshirgan odamga jazo berish darajasida emas. Jonivor o‘ldirilgan taqdirda eng ko‘pi bilan uch yil qamoq jazosi belgilanadi.