13:32 / 24.12.2015
22687

Yulduz Usmonova: Ozod O‘zbekiston qaytmagay ortga, boshida bor ekan Temuriy voris

2015 yilning 22 dekabrida Toshkentdagi “Navro‘z” restoranida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yangi “Men sen bilan qirolichaman” albomi taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida ma'lum qilgan edik.

Discovery kompaniyasi tomonidan tayyorlangan albom Yulduz Usmonovaning 60-musiqiy albomi bo‘lib, undan 18 ta qo‘shiq joy egallagan. 

Yangi taronalar ichida “Samarqand” qo‘shig‘i ko‘pchilik uchun o‘ziga xos va yorqin qo‘shiq sifatida qabul qilinishi mumkin. Bu qo‘shiqda u Samarqand zaminidan yetishib chiqqan zamona qahramonini tarannum etadi.

Ko‘rsatib berdingiz kelajak yo‘lin,

Yoritib ma'rifat chirog‘i bilan.

Johillar yoqqanda urush olovin,

Yengdingiz tafakkur ulovi bilan.

 

Yetishdik siz sabab erkin hayotga,

Buyuk kelajak ham emasdir olis.

Ozod O‘zbekiston qaytmagay ortga,

Boshida bor ekan Temuriy voris. 

Quyida e'tiboringizga "Samarqand" qo‘shig‘ini taqdim etamiz.

Xabaringiz bor, Kun.uz sayti mazkur tadbirdan reportaj tayyorlagan edi.

Top