09:36 / 25.12.2015
4761

AQShda Oq uy IShIDni nasroniylar genotsidida ayblashga chaqirildi

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati IShID terrorchilik guruhi tomonidan Yaqin Sharqdagi nasroniylar va yezidlar kabi boshqa kichik guruhlarning o‘ldirilishini genotsid harakatlari deb tan olishga chaqirildi, deb xabar bermoqda Asbarez nashri.

Bunday taklif bilan AQSh kongressi vakillari palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i, respublikachi Ed Roys boshchiligidagi 30 nafar deputatlar guruhi chiqdi.

“Ma'muriyat faqatgina yezidlarga nisbatan genotsid amalga oshirilganini e'lon qilmoqchi. Bu orada u IShID, shuningdek, nasroniylar va boshqa kichik guruhlarga ham qarshi genotsid olib borayotgani haqida hech narsa demayapti”, deyilmoqda taklif matnida.

Taklif mualliflari o‘z xatlarida, shuningdek, ijrochi hokimiyatni kongress bilan bu masalada maslahatlashuv o‘tkazishga chaqirdi.

Top