Jahon | 16:12 / 25.12.2015
9566
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda tornado. Foto va video

AQShda sodir bo‘lgan kuchli tornado tufayli qurbon bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi. Bu tornado 7ta shtatga ta'sir ko‘rsatgan: Missisipi, Tennessi, Illinoys, Indiana, Alabama Arkanzas va Michigan.

Bu hududlardagi po‘rtanalar davomida o‘nlab kishi jarohatlangan va yuzlab uylar vayron bo‘lgan.

Ayniqsa, Missisipi hududlarida katta talofat kuzatilgan. Bu shtatda yetti kishining o‘limi qayd etildi. Tennessida olti kishining, Arkanzasda esa yana bir kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi.

Jarohat olganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda bo‘lib, ularning soniga aniqlik kiritilmoqda. Bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Missisipi hududida so‘nggi kunlarda 14ta quyun yuzaga kelganligi kuzatildi.

2015 yil mobaynida AQSh hududida 718 marta tornado yuz bergan.

Quyida shu haftada yuz bergan tornadoga oid video va fotolar:

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish