21:54 / 25.12.2015
5013

Gvardiola «Manchester Siti»ga kelgach, birinchi bo‘lib Neymarni sotib olmoqchi, keyin esa Suaresni

"Bavariya" klubini yozda tark etadigan bosh murabbiy Xosep Gvardiola mavsum nihoyasida "Manchester Siti" jamoasini qabul qilib oladi.

El Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis birinchi bo‘lib, "Barselona"dan Neymarni sotib oladi.

"Shaharliklar"ning bo‘lajak ustozi hujum chizig‘ini jiddiy tarzda kuchaytirishni rejalashtirgan. Asosiy nomzodlardan biri 23 yoshi braziliyalik futbolchi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Pep Kataloniyadan Luis Suaresni ham olib kelishni rejalashtirgan.

Manba: www.uff.uz

Top