IShID guruhi Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida yerlashgan radiosi orqali mahalliy jurnalistlarni o‘ldirishini aytib, ularni qo‘rqitmoqda. Bu haqda 23 dekabr kuni Khaama Press agentligi xabar berdi.
IShIDning “Xalifalik ovozi” FM-radiosi viloyat poytaxti Jalolobod hamda uning atrofidagi tumanlarga eshittirishlar uzatishda davom etmoqda.
“Biz jurnalistlar xavfsizligini ta'minlash strategiyasini ishlab chiqmoqdamiz, jurnalistlar xavfsizlikda bo‘lishlari uchun barcha ishni qilmoqdamiz”, — dedi ulusvoliy (viloyat hokimi) matbuot kotibi Ahmad Ziyo Abdulzay.
Nangarhor viloyati axborot-kommunikatsion texnologiyalar direktorati “Xalifalik ovozi” efirini to‘sib qo‘yishga urinmoqda.