Jahon | 08:47 / 25.12.2015
2390
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Nigeriyada gazni qayta ishlash zavodida portlash yuz berib, yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi

Nigeriya janubidagi gazni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘lishi oqibatida kamida 100dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Naij portalida xabar qilingan.

Qizil Xoch jamiyati ma'lumotiga ko‘ra, bu voqea Anambra shtatidagi Nnevi shtatida yuz bergan.

Qayd etilishicha, kuchli portlashdan keyin yong‘in chiqib, atrofdagi uylarga tarqalgan.

Portalda aytilishicha, qurbonlarning aksar qismi bu zavod yaqinida yashagan kishilar bo‘ldi.

Shuningdek, o‘nlab kishilar jarohatlangan holda shifoxonalarga yetkazilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in zavoddagi gaz ballonlari ortidan kelib chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish