16:30 / 25.12.2015
2687

Putin hukumatga 2030 yilgacha futbolni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat hukumatiga 2030 yilgacha Rossiyada futbolni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Mazkur ko‘rsatmaga tegishli topshiriq «Rossiya-2018» tashkiliy qo‘mitasi va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish Kengashi Qo‘shma yig‘ilishida prezident tomonidan imzolagan hujjatga ilova qilingan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash uchun Rossiya futbol ittifoqi mahalliy hokimliklar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tegishli tashkilot va idoralar zimmasiga yuklandi.

Top