Jamiyat | 11:59 / 25.12.2015
2331
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston radikallashuvga maorifni qarshi qo‘ymoqchi

Qirg‘iziston fuqarolik jamiyati faollari, pedagoglar, amaldorlar va din sohasi vakillari 17 dekabr kuni O‘sh shahrida yig‘ilish o‘tkazib, yoshlarning radikal guruhlar tarkibiga kirib qolishiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilishdi.

Bishkekning Search for Common Ground nodavlat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Ta'lim – radikallashuvga qarshi immunitet” mavzuidagi konferensiya yoshlarning diniy ekstremizmga aralashuviga qarshi kurash chora tadbirlarini ishlab chiqishga qaritildi.

Tadbir tashkilotchisi Merim Sultonqulovaning so‘zlariga qaraganda, tadbir ishtirokchilari radikal oqimlarga qarshi kurashning eng samarador yo‘li maorif sohasini rivojlantirish, bolalarning ta'lim olish sifati va bilim darajasini oshirish ekanligini ta'kidlab o‘tishgan.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bu borada muayyan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Endilikda ularning mas'ul idoralar tomonidan ko‘rib chiqilishi lozimligi ta'kidlanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish