Jahon | 10:07 / 25.12.2015
2407
2 daqiqa o‘qiladi

Roskomnadzor internet OAV nazorat tizimini ishga tushirdi

Rossiyaning oliy nazorat organi (Roskomnadzor) sinov tartibida mamlakatning 19 mintaqasida internet OAVning kontentini to‘plash va tahlil qilish tizimini ishga tushirdi. Bu haqda 25 dekabr kuni “Izvestiya” gazetasi idora rahbari Aleksandr Jarovga tayangan holda ma'lumot berdi.

“Tahliliy asos Bosh radiochastota markazidadir. Aniqlangan huquqbuzarliklar soni kamida ikki barobarga ko‘paydi”, - dedi Roskomnadzor rahbari.
Uning so‘zlariga qaraganda, tizim saytlarda joylashtirilgan matnlarning qonunlarga muvofiqligini tekshiradi. Forumlardagi post va izohlar ham tahlil obektiga kiradi. Tekshiruvga multimedia fayllarining ta'riflari ham jalb qilinadi.

Agarda ularning ta'rifida shubhali jihatlar qayd etilsa, fayllar Roskomnadzorga yo‘llanadi.Jarov bergan ma'lumotga qaraganda, tizimni joriy qilish 2016 yil oxirigacha davom etadi. Hozircha qoidabuzarlar jazoga imkon qadar tortilmaydi, buning o‘rniga ular nuqsonlarni to‘g‘irlashga chorlanadi.
“Bu butun RF hududida OAV sifatining oshishiga xizmat qiladi deb ishonaman”, - xulosa qildi Jarov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish