Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aviatsiyasi 24 dekabr kuni jangarilarning bazalariga 189ta zarba yo‘lladi
24 dekabr kuni davomida Rossiya harbiy samolyotlari Suriya hududida jangarilarning obektlariga 189ta zarba yo‘lladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatmoqda.
"Faqat bir kunning o‘zida jangarilarning bazalari bo‘ylab 189ta zarba berildi. Shundan 142tasi oldindan rejalashtirilgan holda amalga oshirildi, qolganlari esa vaziyatdan kelib chiqqan holda yo‘llandi", deya ma'lumot bergan Rossiya Bosh shtabi rahbari Sergey Rudskoy.
Bundan tashqari, Rudskoy oktabr oyidan buyon Suriya osmoni bo‘ylab 5 ming martadan ortiq harbiy uchishlarni amalga oshirgani haqida aytgan.