Jahon | 17:29 / 25.12.2015
11619
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Iroqdan Turkiyaga neft kontrabanda qilish punktini aniqladi

Rossiya razvedkasi Turkiya va Iroq chegarasidagi Zaxo tumanining nazorat o‘tkazish punktidan o‘tgan 12 mingta neft tashuvchi mashinalarni qayd qildi. Bu haqda RF qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Sergey Rudskoy ma'lumot berdi.

“Suratga olish paytida Zaxo hududida Turkiya-Iroq chegarasining ikki tomonida 11 775 benzin tashuvchi mashinalar turgan edi. Shulardan 4 530tasi Turkiya hududida, 7 245tasi Iroqda”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

Rudskoyning ishonishicha, shu hudud orqali Suriya va Iroqda IShID odamlari tomonidan qazib olinayotgan neft Turkiyaga olib chiqiladi.
Bu borada Turkiya hozircha biror rasmiy bayonot bermadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish