Jahon | 00:21 / 25.12.2015
2912
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonidagi shifoxonada chiqqan yong‘indan jabrlanganlar soni 120 kishidan oshib ketdi

Saudiya Arabistonining janubida joylashgan Jizon ma'muriy okrugidagi shifoxonalardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida jabrlanganlar soni 123 kishigacha yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Bu haqda Saudiya Arabistoni hukumatida ma'lum qilindi. Fuqarolik mudofaasi vazirligi matbuot kotibining aytishicha, shifoxonaning tug‘ruq bo‘limi va neonatal parvarish va intensiv terapiya bo‘limini qamrab olgan yong‘inning sabablari hozircha aniqlanmagan.
Xabarda aytilishicha, tug‘ruq bo‘limidagi barcha bolalar qutqarilgan.

Avvalroq yong‘in oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish