Jahon | 06:59 / 25.12.2015
3056
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzodalar Uilyam va Garri xayriya futbol uchrashuvida birinchi marta bir jamoada o‘ynashdi

Britanlik aka-uka shahzodalar Uilyam va Garri Rojdestvo arafasida o‘tkazilgan har yilgi xayriya futbol uchrashuvida birinchi marta bir jamoa sha'nini himoya qilishdi, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Har yili yili shahzodalar bir-biriga qarshi turli jamoalarda o‘ynashardi, biroq bu yil bu an'anaga chek qo‘yildi.

Ma'lum qilinishicha, xayriya uchrashuvi qirolichaning Norfolkdagi xususiy uy-joyida bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvni 200 atrofida odam tomosha qilgan va u qirollik jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Ta'kidlanishicha, bir yil avvalgi shunday uchrashuvda shahzoda Uilyam ishtirok eta olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish