11:49 / 25.12.2015
10070

Toshkent shahrida qalbaki dollar sotilishining oldi olindi

SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasiga fuqaro F. Kuchkarov murojaat qilib, unga ayrim shaxslar qalbaki 10 ming dollarni 4 ming dollarga sotishini taklif qilayotgani haqida bildirdi.

Ariza yuzasidan departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Hamid Sojidov qalbaki 20 ming dollarni F.

Kuchkarovga 8 ming dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi.“Huquq” nashrining xabar berishiga ko‘ra, Hamid Sojidov 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Top