Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan Qirg‘izistonga qalbaki 100 ming dollar olib o‘tilgani holati aniqlandi
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining aksilkorruptsion xizmati tomonidan Turkiyadan mamlakatga qalbaki AQSh dollarlarining kelishi va tarqatilishi kanali aniqlandi va bartaraf etildi. Bu haqda KirTAG axborot agentligi ma'lum qildi.
“Noyabr boshida Qirg‘izistonga Istambul-Bishkek charter reysi orqali noma'lum shaxslar tomonidan 100 mingga yaqin qalbaki dollar olib o‘tilgan. Bu miqdordan 45 ming dollarini Bishkekda yashovchi shaxs olgan, u o‘z navbatida bu pullarni o‘z tanishlariga tarqatish va almashtirish uchun bergan”, deyilmoqda xabarda.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qalbaki pullarni tarqatish bilan shug‘ullangan Qirg‘izistonning 8 fuqarosidan iborat jinoiy to‘da aniqlangan. Bu jinoiy to‘da tarkibiga bir nafar amaldagi va 2 nafar sobiq militsiya xodimi ham kirgan. Ularning yashash joylari bo‘yicha qalbaki pullarning qolgan qismi aniqlangan. Jinoyatchilardan 40 ming dollardan ko‘proq qalbaki pul musodara qilingan.
Ta'kidlanishicha, qalbaki dollarlar barcha himoya darajalari qo‘llangan holda yuqori sifatda tayyorlangan.Ushbu jinoyat yuzasidan Qirg‘iziston jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.