Sport | 18:41 / 25.12.2015
3025
1 daqiqa o‘qiladi

Xiddink: «Chelsi» futbolchilari yaxshi haq olishadi, demak shunga yarasha o‘ynashlari kerak

«Chelsi» bosh murabbiyi Guus Xiddink yangi jamoasi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men hammasini boshidan boshlamoqchiman. Hozircha jamoa nima uchun yomon o‘yin namoyish qilgani haqida aniq fikr bildirish qiyin.

Klubda ishlab, hammasi bilan yaqindan tanishib chiqqach, biror narsa deyish mumkin. Men o‘tgan yildan kelib chiqib emas, balki o‘z ishim yuzasidan xulosa chiqarmoqchiman.

«Chelsi» futbolchilari grand klubda to‘p suradilar va ularga yaxshi haq to‘laydilar. Shunday ekan, ular ham shunga yarasha kuchli ishtiyoq bilan o‘ynashlari lozim. Menga ishtiyoqsiz futbolchilar kerak emas», - deydi murabbiy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish