22:41 / 26.12.2015
20063

20 ming o‘zbekistonlik Rossiyaga ko‘chib borish bo‘yicha dasturda ishtirok etmoqda

2015 yilda 20 ming nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga ko‘chib borish bo‘yicha dasturda qatnashishga ariza topshirdi, deya ma'lum qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev.

“2015 yilda Rossiya elchixonasiga ko‘chirilish bo‘yicha dasturda qatnashish to‘g‘risidagi 8,3 ming ariza kelib tushdi. Ko‘chib o‘tuvchilarning umumiy soni, oila a'zolarini qo‘shib hisoblaganda, 20 ming nafarga yaqin kishini tashkil etdi”, - dedi Tyurdenev.

“Yana bir marta qayd etishni istardimki, biz hech kimga tashviqot o‘tkazmayapmiz va ulkan va'dalarni bermayapmiz. Ko‘chib o‘tish – ko‘ngilli ravishda olib boriladigan ish”, - deya ta'kidladi elchi.

Rossiya Federal migratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Rossiyaga 150 ming nafar kishi mamlakatga ko‘ngilli ravishda ko‘chib kelishi belgilangan.

Top