Sport | 18:32 / 26.12.2015
6423
1 daqiqa o‘qiladi

"Arsenal"ning qishki transferlar vaqtida sotib oladigan ilk futbolchisi haqida ma'lum qilindi

"Arsenal" jamoasi yanvarda "Bazel"ning yosh yarim himoyachisi Muhammad El-Nennini xarid qiladi.

The Sun nashrida yozilishicha, ushbu 23 yoshli misrlik futbolchining transfer qiymati 5 mln funt sterlingni tashkil etadi.

Bu futbolchi "kanonirlar"ning qishki transferlar vaqtidagi ilk xaridi bo‘lishi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, El-Nenni joriy mavsumda shveysariyaliklar jamoasi tarkibida ichki chempionat va Yevropa ligasi doirasidagi 21 o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish