Jahon | 12:02 / 26.12.2015
3005
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari yuzdan ortiq uyni vayron qildi

Avstraliya janubidagi Viktoriya shtatida yuzdan ortiq uy o‘rmon yong‘inlari natijasida vayron bo‘ldi. Bu hududda bir haftadan buyon 100tadan ortiq yong‘in sodir bo‘lgan.

Shtatdagi Uay River va Separeyshn Krik shaharlari yong‘indan eng ko‘p jabr chekkan hududlar bo‘lib turibdi.

Ayni vaqtda 1600 nafardan ortiq mahalliy aholi vakillari va sayohatchilar uylarni tark etishga majbur bo‘lishgan. Mavjud xavf tufayli Rojdestvo bayrami tadbirlari bekor qilingan.

Ayni vaqtda hududda yog‘a boshlagan yomg‘ir yong‘inlar kuchini pasaytirmoqda. Lekin yong‘in o‘choqlarini bartaraf etishga muvaffaq bo‘linmagan.

Bu keng ko‘lamli yong‘in o‘tgan haftada dam oluvchilar yoqqan olovdan boshlangani va shamol hamda issiq harorat tufayli atrofga tarqalgani taxmin qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish