Jahon | 23:26 / 26.12.2015
8238
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad armiyasi “Suriya inqilobchilari fronti” yetakchisini yo‘q qildi

Suriya armiyasi “Suriya inqilobchilari fronti” (Ahrar al-Sham) ekstremistik guruhining yetakchisi Lid Muhammad al-Mas'almani yo‘q qildi. Bu haqda 26 dekabrda Suriya qurolli kuchlarining rasmiy vakili, brigada generali Ali Mayxub ma'lum qildi.

Al-Mas'alma Damashq viloyatida yo‘q qilindi, u bilan birga ko‘plab terrorchilar ham bartaraf etilgan.

Bundan tashqari, Suriya armiyasi Dara shahrida jangarilar bo‘lgan zirhli mashinalar va yirik kalibrli pulemyotlar o‘rnatilgan uchta mashinani yakson qilgan hamda Busra maydonidan janubroqdagi qochqinlar lageridagi terrorchilik guruhlariga zarbalar bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish