Jahon | 18:56 / 26.12.2015
11683
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Asad tomonida turib IShIDga qarshi kurashishga rozi bo‘lmagan

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Al Arabiya telekanaliga bergan ntervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aksilterror koalitsiyaga qo‘shilish bo‘yicha taklifini rad etganini bildirib o‘tdi. Bu intervyuning to‘liq shakli 27 dekabr kuni efirga uzatiladi.

"Suriya, Eron, Iroq va Rossiya Bag‘dodda alyans tuzishdi va Turkiyadan bu ittifoqqa qo‘shilishni so‘rashdi. Lekin men Putinga qonuniyligi shubha ostida bo‘lgan prezident (Suriya prezidenti Bashar Asad - tahririyat izohi) bir stol atrofida o‘tira olmasligimni bildirdim", degan u.

Turkiya rahbari bu suhbat qachon bo‘lib o‘tganiga oydinlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Iroq poytaxtida Eron, Rossiya va Suriyaning birlashgan muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi tuzilgan edi.

24 noyabr kuni Turkiya Harbiy kuchlari Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirdi. Rossiya prezidenti Putin Su-24 Turkiyaning F-16 samolyoti “havo-havo” raketasi orqali urib tushirilgani va Turkiya chegarasi yaqinnida qulagani haqida xabar qildi.

Rossiya Harbiy Kuchlari Bosh Qo‘mondonlik shtabi Su-24 Turkiya havo chegarasini buzmaganligi takrorladi. Bunga dalil sifatida Suriya Havo Mudofaasi ma'lumotlarini keltirdi. Ammo Turkiya Su-24 mamlakat havo chegarasini buzgan degan fikrini o‘zgartirmadi.

Bu hodisa natijasida bir uchuvchi halok bo‘ldi. Shturman omon qolgan. Rossiya Anqaraga yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lash va uzr so‘rash talabini qo‘ydi. Turkiya esa o‘z harakatiga chegarani himoya qilganini asos qilib ko‘rsatib, Rossiya qo‘ygan shartlarni bajarishdan bosh tortdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish