Jahon | 11:47 / 26.12.2015
5407
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada afrikalik muhojirning o‘ldirilishidan so‘ng tartibsizliklar boshlanib ketdi

Muhojirlar Ispaniyaning Almeriya provinsiyasidagi Roketas-de-Mar shahrida Afrikaning Gvineya-Bisau davlatidan bo‘lgan qochqinning o‘ldirilishidan so‘ng tartibsizliklar uyushtirishdi, deya xabar bermoqda publico.es.

41 yoshli Gvinei-Bisau fuqarosi ko‘chada janjal vaqtida pichoqlangan. Nashr axborot manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatga lo‘lilar aloqador bo‘lishi mumkin.
Afrikalik muhojir o‘limidan so‘ng Kortixos de Marin tumanidagi shahar va lo‘lilarga tegishli bo‘lgan mol-mulklar, konteynerlarga o‘t qo‘yilgan. O‘t o‘chiruvchilar alanganlarni bartaraf etishga harakat qilishmoqda.

Shahar ko‘chalarida politsiya va fuqarolik gvardiyasi patrullari kuchaytirilgan. Jinoyatchini qidirish ishlari boshlangan.
Ayni paytda Yevropada muhojirlar inqirozi davom etmoqda. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Yevropaga 1 milliondan ziyod muhojir kirib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish