Jahon | 12:15 / 26.12.2015
4155
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Amerikada suv toshqinlari: 150 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi

Janubiy Amerikaning janubiy qismida 3 kundan buyon keyingi o‘n yillikda kuzatilmagan suv toshqinlari hodisasi davom etmoqda.

Paragvayning katta qismi suv ostida qoldi. Mamlakat prezidenti Orasio Kortes favqulodda vaziyat joriy qilgan.

Paragvay poytaxti Asunson va atrofdagi tumanlar ham suv ostida qolish xavfi ostida turibdi.

Hukumat mamlakat hududidagi daryolar yaqinida yashovchi o‘n minglab kishilarni evakuatsiya qilishga ko‘rsatma bergan.

Shuningdek, qit'aning Urugvay, Argentina va Braziliya kabi davlatlarida suv toshqinlari kuzatilmoqda.

Xususan, Argentina shimolida 20 ming kishi evakuatsiya qilingan. Braziliyaning janubidagi Riu-Grandi-du-Sul shtatida 1800 oila xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

Paragvayda 120 mingdan ortiq kishi o‘z uylarini tark etdi

Argentina shimolida 50 yildan beri ilk marta yirik suv toshqinlari

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish