Jahon | 08:49 / 26.12.2015
2633
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada yuz bergan yer ko‘chkisi 50 nafarga yaqin kishining bedarak yo‘qolishiga sabab bo‘ldi

Myanmaning Kachin shtatida yuz bergan navbatdagi yer o‘pirilishi hodisasi tufayli 50 nafar atrofidagi kishi bedarak yo‘qolganlar deb hisoblanmoqda. Bu haqda Bangkok Post xabar yozgan.

Mahalliy amaldorlarning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda voqea ro‘y bergan hududdan 5 kishining jasadi aniqlangan.

Bu hududda dunyo bozoriga chiqariladigan nefritning 90 foizi qazib chiqariladi. Bedarak yo‘qolgani aytilayotgan kishilar ham nefrit koni ishchilari bo‘lgan.

O‘tgan oyda ham shu hududda yuz bergan ko‘chki tufayli 104 kishi halok bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish