Sport | 19:56 / 26.12.2015
4152
2 daqiqa o‘qiladi

"MYu" 25 yildan beri ilk marta ketma-ket 7 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi

Angliya premer ligasining 18-turidan joy olgan ilk uchrashuvda "Stok Siti" jamoasi "Manchester Yunayted"ni qabul qildi.

O‘yin qattiq shamol ostida o‘tdi. O‘yinning 19 daqiqasida Boyan Krkich, 26 daqiqasida Marko Arnautovich tomonidan urilgan gollar mezbonlar g‘alabasini ta'minlagan.

"MYu" esa ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lubiyat qayd etdi. Shu bilan birgalikda "qizil iblislar" oxirgi 7ta o‘yinda biron marta g‘alaba qila olishmadi.

Ayni vaqtda "MYu" hisobidagi ochkolar soni 29taligicha qoldi va jamoa hozircha oltinchi o‘ringa tushdi. Yettinchi o‘rindagi "Uotford"da bu turda g‘alaba qilish evaziga yuqorilash imkoniyati mavjud.

"Stok Siti" esa 28 ochko bilan sakkizinchi o‘ringa joylashdi.

Angliya chempionati
18-tur
Stok Siti – Manchester Yunayted 2:0 (2:0, 0:0)
26 dekabr, 17.45, «Britaniya Stedium»
Gollar: 1:0 – 19 Krkich, 2:0 – 26 Arnautovich.
Stok Siti – Batlend, Vollshayd, Shoukross, Piters, Djonson, Shakiri (Diuf, 65), Uelan (van Ginkel, 46), Arnautovich, Afellay, Kemeron (Adam, 75), Krkich.
Manchester Yunayted –De Xea, Blind, Smolling, Djons, Yang, Kerrik, Errera (Pereyra, 82), Fellayni, Mata, Depay (Runi, 46), Marsyal.
Ogohlantirishlar: Yang (25), Krkich (49), Pereyra (83).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish