Sport | 21:08 / 26.12.2015
4989
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: "MYu"da keyingi haftadayoq yangi bosh murabbiy paydo bo‘lishi mumkin

Dekabr oyi o‘rtasida "Chelsi" jamoasidan iste'foga chiqarilgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino keyingi haftada "Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Pipi Estrada nashri xabar tarqatgan.

"Qizil iblislar" APLning 18-turida "Stok siti"dan mag‘lub bo‘lgach, jamoa bosh murabbiy Lui van Gaalni ishdan bo‘shatishi oydinlashmoqda.
Jamoa 25 yildan beri ilk bor ketma-ket 7 o‘yinda biron marta ham g‘alaba qozona olmadi.
Bundan oldinroq, "Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Lui van Gaalni APLning navbatdagi uchrashuvlaridan birida "Stok Siti" yoki "Chelsi" jamoalaridan biriga yutqazgan taqdirda iste'foga chiqarishi haqida xabar qilingandi.

«Manchester Yunayted» van Gaalga ultimatum qo‘ydi

«MYu» van Gaalni ishdan bo‘shatsa, unga 10 mln funt tovon to‘laydi

"MYu" ketma-ket yettinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish