08:51 / 26.12.2015
4737

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat uchrashuvida Suriyaga mag‘lub bo‘ldi

BAAning Dubay shahrida o‘zining ikkinchi yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘in davomidagi ikkinchi nazorat uchrashuvida Suriya olimpiya terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Suriya olimpiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida esa Suriya olimpiyachilari penaltidan hisobni ochishdi. Qolgan daqiqalarda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va uchrashuv Suriya olimpiya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘in davomidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan va 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, kelasi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAning Dubay shahrida yana ikki bor o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Rejaga ko‘ra, Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi terma jamoa 27 dekabr kuni Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.

Dubay, BAA.

23 dekbr.

O‘zbekiston (U23) – Suriya (U23) –0:1

O‘zbekiston U23: Abdumavlon Abdujalilov, Javlon Mirabdullayev, Maksimilian Fomin, Sardor Rahmonov (Doston Tursunov, 42), Muhsinjon Ubaydullayev, Javohir Sohibov (Quvondiq Ro‘ziyev, 80), Otabek Shukurov, Doston Hamdamov (Timur Hakimov, 78),Jamshid Iskanderov (s), Igor Sergeyev (Ikrom Aliboyev, 68), Husniddin G‘ofurov (Eldor Shomurodov, 46).

Top