17:50 / 26.12.2015
7178

Qozog‘istonda qariyb 200 nomdagi mahsulot “qora ro‘yxat”ga tushdi

Qozog‘iston iste'molchilar huquqini himoya qilish fondi Milliy iqtisodiyot vazirligining iste'molchilar huquqini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tomonidan olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra 190 nomdagi oziq-ovqat mahsulotini “qora ro‘yxat”ga kiritdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Oziq-ovqatlardan: baliq, sut, go‘sht, yog‘-moy, parrandachilik, makaron va konditer mahsulotlaridan 779ta namuna olindi.
“190 (yoki 24 foiz) nomdagi mahsulotlar Bojxona kengashining texnik reglamenti, jumladan, mikrobiologik ko‘rsatkichlar — 31 (16,3%), markalash — 130 (68,4%) talablariga mos kelmadi”, - deyiladi xabarda.
Jumladan, Rossiyada ishlab chiqarilgan broyler-jo‘ja tanasidan S1 guruhiga mansub Salmonellasero aniqlangan. Tovuq mazali “Rollton” (Rossiya) tez tayyor bo‘luvchi vermishelidan esa mog‘or va ko‘p miqdordagi xamirturush aniqlandi.

Top