Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: IShID Damashqdan o‘z jangarilarini olib chiqib ketishni boshladi
Damashqning IShID nazoratida bo‘lgan janubiy hududlaridan jangarilar evakuatsiya qilinmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Damashqning markazidan janubga tomon 4 km uzoqlikda joylashgan strategik ahamiyatdagi hudud ustidan nazoratni tiklash maqsadida Suriya hukumati bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra 2 mingga yaqin jangari evakuatsiya qilinmoqda.
Reuters’ning ma'lum qilishicha, “Jaysh al-Islom” terrorchilik guruhining yetakchisi Zahron Allush va yana bir necha dala qo‘mondoni Damashq yaqinida aviazarbalar natijasida yo‘q qilingan. Jangarilarning aytishicha, aviazarba Rossiya harbiy samolyotlari tomonidan berilgan.
Avvalroq Suriya armiyasi Rossiya harbiy-koinot kuchlari ko‘magida Halab va Lataqiyaga muvaffaqiyatli hujum qilayotgani ma'lum qilingandi.